Kasallik sabab namozni unutib qo‘ysa

Assalomu alaykum! Buvim insult kasalligi bilan og‘riganlar. 13-yil bo‘ldi. 5mahal namoz o‘qiydilar. Endi namoz o‘qishda rakatida adashyaptilar. Yozib berdik baribir foydasi bo‘lmadi. O‘qimang deyishimiz joizmi? Xatoligini bilsak gunohkor bo‘lmaymizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Insonlarning ibodat qilishlari aqllariga bog‘liq. Shuning uchun jinni va to‘g‘ri aql yurita olmaydigan yosh bolalar zimmalariga ibodat farz qilinmagan. Bunday vaqtda namoz o‘qiyotganida yonida bir kishi namozini to‘g‘rilab tursa bo‘ladi. Ammo aslo o‘qimang demanglar Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi: لاَ يُكَلِّفُ اللّهُ نَفْسًا إِلاَّ وُسْعَهَا 286. Alloh hech bir jonga imkoniyatidan tashqari narsa yuklamas. عن أنس أن النبي صلى الله عليه وسلم احتجم ثلاثا في الأخدعين والكاهل قال معمر احتجمت فذهب عقلي حتى كنت ألقن فاتحة الكتاب في صلاتي وكان احتجم على هامته Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikki bor boshlarini ikki chakkasi va kurakning o‘rtasidan qon oldirdilar. Ma’mar aytadi “Men ham qon oldirdim, shunda meni aqlim ketib qolib, hattoki namozda “Fotiha” surasini ham menga aytib berib turadigan bo‘lishdi” dedilar. Ma’mar boshini yuqori qismidan qon oldirgan edilar.
Abu Dovud rivoyati. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 07:32 | Savol-javoblar | 139 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar