Yana ism xakida
Assalamu Alaykum xurmatli ustoz.Oldin berilgan savollarni juda kupini kurib chikib, uzimni kiziktirgan savolga javob topa olmadim. Kimmatli vaktingizni ayamasdan javob bersangiz sizdan judayam minnatdor bulamiz. InshAllox yakinda farzandli bulamiz. Duxtirlar aytishi buyicha ugil emish(Alloxu A’lam). Sizdan suramokchi bulganim agar ugil tugilsa, unga bandalikni bildirib turuvchi ism kuymokchiman. Shuning uchun kanday yozilsa tugri buladi deb suramokchiman. Adashmasam arab tilida katta kichik xarf degan narsa yuk. Lekin bizda borligi uchun maslaxatingizga muxtojman. Abdul Aziz mi yoki Abdulaziz, Abdul Roxmanmi yoki Abdur Roxman yoki Abdurroxman yoki Abdurraxmon? 1. Xullas Abdul aloxida yozdirsak buladimi? 2. Abdul deb yozilishidagi "l" xarfi Samiy, Roxman va shu kabilarda uzgartirilmaydimi? Bundan tashkari shaxsiy savollarim muammolarim xam bor. Iltimos uzingizni e-mailingizni bersangiz xat yozib, maslaxatingizni olmokchi edim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hozirgacha mazkur ismlar birgalikda yozib kelingan. Ammo alohida yozilsa yaxshi bo‘lardi. “L” harfi yozilishi yoki yozilmasligi keyin keladigan ismlarga bog‘liq. Misol uchun o‘zingiz keltirgan Abdurraxmon.
27 May 2022, 03:59 | Savol-javoblar | 156 | Bola tarbiyasi