Tish og‘riganda tahorat qilish

Assalomu alaykum! Ro‘zaning oxirgi kunlarida tishim og‘rib, ishib ketdi. Suv tekkizishga qo‘rqib qoldim. Boshlanishida, og‘zimni chayib yurdim, lekin, borgan sari og‘riq bilan milkim ishib ketdi. Shunga, tahoratda tishimni qo‘limni nam qolatida uch marta tishimga surtib, yuzimni ham (ishiq bo‘lgani uchun) shunday, kaftimni ho‘llab mash qilib tahorat qildim. Qolgan a’zolarimni odatiy holatda yuvdim. Tahoratim tahorat bo‘ldimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘laveradi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 00:09 | Savol-javoblar | 179 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar