Qozoq tangasini dollarda qaytarib olish

Assalomu alaykum! Men Qozog‘istonda ishlayman va bu erda sheriklar bilan pul oldi berdi qilib turamiz. Mendan bu erda qarzga tanga olib qarz bo‘lib qolishadi. Qarzini qishloqda berishadigan bo‘lishadi. Bu erda tanga olgan vaqti dollarni kursini bilib shu tangani dollarga baxolab qishloqda dollar olishim mumkinmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarzga oladigan bo‘lsa qarzni to‘layotgan paytda qancha tanga olsa o‘shanchani to‘lashi shart. Tanga yo‘q bo‘lsa yoki tanga bu erda kerak bo‘lmasa o‘sha tangani o‘sha kundagi qiymati necha dollar bo‘lsa dollar berishi mumkin. Masalan hozir shuncha 50 tanga shuncha 10 dollar bo‘lar ekan, olishimda shuncha 10 dollar berasan deyish joiz emas. Chunki bu qarz emas tangani dollarga almashtirish hisoblanadi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 03:58 | Savol-javoblar | 171 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar