Kommunal to‘lovlardan kamaytirib yozish

Assalomu alaykum! Oilada 6 kishi yashaymiz. Men bir haftada 2kun kelaman. Dadam kommunal to‘lovlarga 5kishi deb yozdiradi. Sen turmaysanku deydi, lekin propiskam shu erda. Farzandlarim oilam shu erda. Dada unday qilmaylik gunoh bo‘ladi desam. Sen gunoh savobni farqiga borib qoldingmi deydi. Umuman gapirtirgani qo‘ymaydi. To‘g‘ri yo‘l ko‘rsatingizlar. O‘zim to‘layman dada desam sen boy bo‘lib qolding deb urushyabdi. Nima qilsam bo‘ladi. Arzimagan narsalar uchun gunohkor bo‘lib qolyapmiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz dadangizga gapirmasdan indamay borib 6 kishiga to‘lab kelavering. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 00:20 | Savol-javoblar | 133 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar