Varyantga mashina

Assalomu alaykum! Men mashina olmoqchiman lekin o‘zimda etarli mablag‘ yo‘qligidan bir og‘aynim menga yordam berish tariqasida menda mashinani yarim puli bor og‘aynim esa yarim pulini men qo‘shib turaman, a sen menga ozgina ustmasini berasan deyapti. Shu ribo bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avval sotib olinglar. Shunda mashina ikkingizga tegishli bo‘ladi. Keyin sherigingiz o‘zini hissasini sizga sotsin. Xohlagan narxga kelishishinglar mumkin. Nasiyaga sotishi ham mumkin. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 00:20 | Savol-javoblar | 168 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar