Odamlardan shubhalanish
Assalomu alaykum! Hurmatli zikr ahli hayati odamlar din, aqida, iymon va hakazolar haqida aytayotganlarida menda shubha tug‘iladi aytilgan gapga emas aytayotgan odamga. Lekin ko‘nglimda shu gap to‘g‘ri bo‘lsa dalillari bilan tasdiqlangan bo‘lsa aniq ishonib harakat qilaman degan o‘y hayollar bo‘ladi. Aytilgan gap to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishi mumkinku shunda malumotlarni tekshirib to‘g‘riligiga amin bo‘lsam “voy bekor shubhalanibman” degan hayollar keladi. Bu holatda menga qanday maslahat berasizlar? Albatta ishonarli malumotlarga ishonchli odamlarning yozgan kitoblariga shubham yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday vaqtda Allohning nazdida nima to‘g‘ri bo‘lsa o‘shanga iymon keltirdim deng va keyin dalillarini surishtirishga harakat qilavering. To‘g‘ri aytasiz har kimni aytgani ham hamisha to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 00:20 | Savol-javoblar | 194 | Turli savollar