Namoz o‘qiyotgandim pulimni o‘g‘irlashdi

Assalomu alaykum! Kecha peshinni sunnatini boshlaganimda yonimga ikkita kichik yoshdagi qizlar kelib sumkamdan pul olib ketishipti. Bu omonat berilgan pullar edi, 850ming so‘m. Shu pulni endi o‘z hisobimdan to‘lashim kerakmi? Namozni o‘rtasida boshqa tomonga qarash, gapirish mumkinmi shunday holatga uchraganda? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bunday holatda namozni buzish mumkin. Pulni to‘laysiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:53 | Savol-javoblar | 135 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar