Maziy chiqsa

Assalomu alaykum! Men namozlarimni o‘qishdan oldin bavl qilib, keyin taxorat olaman. Ba’zida namoz o‘qib bo‘lganimdan keyin qarasam ichki kiyimimda maziy izi bo‘ladi. Ko‘pincha bomdod namozidan keyin. Lekin maziyni namozning qaysi vaqtida kelganini bilmayman. Shu xolatda namozimni to‘liq qayta o‘qiymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namoz vaqtida chiqqan bo‘lsa qayta o‘qiysiz. Shuning uchun tahorat qilib bo‘lib teshigiga paxta tiqib oling. Shifokorga ko‘rinib davolanishni ham harakatida bo‘ling. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 00:31 | Savol-javoblar | 173 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar