Yandeks taksi
Assalomu alaykum! Hozirda Yandeks taksi Farg‘ona vodiysiga kirib kelmoqda. Minimal to‘lov mijozlar uchun 2000 so‘mdan boshlanadi. Aslida kompaniyada minimal to‘lov 7000 so‘m bo‘lib, undan kam yurilgan holatda qolgan summa haydovchilar uchun kompaniya tomonidan qoplab beriladi. Masalan, men taksi chaqirib 3000 so‘mlik masofa yursam, haydovchi mendan 3000 so‘m oladi, minimal to‘lovga etmagan qolgan qismini esa kompaniya to‘laydi, ya’ni Yandeksdan 4000 so‘m oladi. Bu Yandeks bilan kelishilgan holat. Lekin bizda ko‘p haydovchilar tushunib-tushunmay, balki bilib, balki bilmay, kompaniyadan ko‘proq pul undirish maqsadida, noto‘g‘ri ishlarni ham qilishmoqda. Siz taksiga o‘tirsangiz, shu yo‘lga har kuni necha pulga borayapsiz deb so‘rashadi va schyotchikni 2000 so‘mligidayoq o‘chirib qo‘yishadi. Masalan siz yo‘lkiram 6000 so‘m bo‘ladi desangiz, ular ozgina yurib zakazni 2000 so‘mligida yopishadi va oxirida sizdan 6000, kompaniyadan esa 5000 so‘m pul olishadi. Aslida zakazni o‘chirmasa 6000 so‘m va kompaniyadan 1000 so‘m olishi kerak edi. Yoki boradigan joyingizni aytsangiz ham o‘shandan ham hisoblab turib, bu yo‘nalish 8000 so‘m bo‘ladi deyishadi va sizdan 8000 kompaniyadan yana 5000 so‘m pul olishadi. Ular uchun kompaniya tomonidan motivatsiya uchun qoplanadigan pul xuddi osmondan tushgan puldek va bunday ortiqcha pul ishlash noto‘g‘ri ekanini, kompaniyaning haqini eyayotganlarini tushunishmayabdi va o‘z navbatida bunga rozi bo‘lib indamayotgan, yoki shunchaki tushunib-tushunmay rozi bo‘layotgan yo‘lovchilarni ham, fikri ojizimizcha, o‘zlarining noto‘g‘ri ishlariga sherik qilib olishmoqda. Bu holat deyarli har safar aksariyat haydovchilar tomonidan takrorlanadi, chiqqaningizdan so‘ng schyotchikni o‘chirib qo‘yaveraymi deb so‘rashadi, maqsad o‘sha 2000 so‘m paytda hisobni yopib kompaniyadan 5000 so‘m undirish. Savollarni ko‘pchilik o‘qiydi degan umid bilan shu haydovchilarga qilayotgan ishlari noto‘g‘ri ekanini tushuntirib qo‘yinglar. Rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kompaniya yoki taksislarda xiyonat ko‘p sodir bo‘lar ekan. Shaxsan o‘zimiz shu taksidan foydalanish uchun chaqqandik. Svetoforda tirbandlik tufayli uch daqiqa turgani uchun o‘z-o‘zidan 6000 so‘m qo‘shib qo‘ydi. Bu haqida tushuncha berishini so‘raganimizda “yandeks tomonidan shunday qilingan” deb aytdi. Bu mijozni ochiq-oydin talashning bir yo‘li. Bu kompaniyaning aybimi yoki taksichinimi bilmadik. Ammo mijozning bir tiyin haqqiga xiyonat qilish ham harom amal hisoblanadi. Bunday qilib topib egan insonda ham farzandlariga edirsa farzandlarida ham yaxshilik bo‘lmaydi. Hadisda “Haromdan unib o‘sgan jasad faqat do‘zaxgagina tushishga loyiq” deyilgan. Makr xiylalarini qanday qilishlarini bizdan ko‘ra sizlar yaxshi bilasizlar. Makr qilish joiz emas. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 13:36 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar