Oiladagi muammo

Assalomu alaykum! Men rus qiziga uylanganman, o‘rtada o‘g‘limiz bor. O‘g‘lim tug‘ilganda qulog‘iga azon aytganman. Endi xotinim meni roziligimsiz o‘g‘limni krishenie qilmoqchi. Agar krishenie qilib krest taqsa nima qilishim kerak? Menga gunoh bo‘ladimi yoki ajrashishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Albatta gunoh bo‘ladi. Farzand sizniki, uni kofirlashib ketishiga yo‘l qo‘ymang. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 05:27 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar