Tuproqni oqizsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Biz suvning bo‘yida yashaymiz, ya’ni oqar suvning yoqasida. Uyimizda erto‘la qazilib, xonalar qildik. U joydan ma’lum miqdorda tosh aralash tuproq chiqdi. Shu tuproqni xovlidan ketkazish maqsadida suvga ya’ni fundament bo‘yiga oqizsa bo‘ladimi? Tuproq oqib ketib toshlari qoladi deb o‘ylayman. Bu savol suv yoqasida yashaydigan ko‘p  yurtdoshlarimizga ham foydali bo‘lishini nasib qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar odamlarga zarari bo‘lmasa, shar’an mone’lik yo‘q. Aksi bo‘lsa joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:51 | Savol-javoblar | 134 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar