Salovat aytganga pul
Assalomu alaykum! Mani o‘zimi kanalim bor islom yo‘nalishi bo‘yicha. Man shu kanalimda Juma kunlari kim 2500ta salovat aytib elektron tasbexda manga rasmini tashlasa man o‘sha odamga malum bir pul miqdorini xar 3ta odamga tashlab bermoqchiman(paynet yoki karta raqamiga). Pulni o‘zimni yonimdan tashlab beraman xech qanday pul tikilmasdan. Shu qilgan ishimdan savob va ajr bormi? Agar u mani aytim deb aldasa men unga pul tashlab bersam menga zarari yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi: عَنْ أَبِي مَسْعُودٍ الْأَنْصَارِيِّ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: «مَنْ دَلَّ عَلَى خَيْرٍ فَلَهُ مِثْلُ أَجْرِ فَاعِلِهِ». رَوَاهُ مُسْلِمٌ Abu Mas’ud Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir yaxshilikka dalolat qilsa, unga o‘sha yaxshilikni qilganning ajridek ajr beriladi», dedilar».
Muslim rivoyat qilgan.
Siz dalolat qilganingiz uchun ajr olaverasiz. O‘sha kishi amal qilish-qilmasligi sizning ajringizni kamaytirmaydi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 23:09 | Savol-javoblar | 196 | Islam