Shaxid ketganmi?
Assalomu alaykum! Mani ayolim bor edi biz turmush qurganimizga endigina 8-oy bo‘lgan edi ayolim xomilador bo‘lib qoldi ancha oradan vaqtlar o‘tdi hammasi yaxshi edi bir kuni ayolimni mazzasi qochdi kasal xonaga olib bordim yuragida parog bor ekan dostor lar bolani olib qolishdi ayolimni saqlab qolisha olishmadi ayolim olamdan o‘tdi ayolim shaxid ketgan hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayolingiz hukmiy shahid hisoblanadi. Hukmiy shahidlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bashoratlariga muvofiq oxiratda shahidlar darajasida bo‘lib, ularga ham shahidlarga beriladigan savob, izzat-ikrom nasib etadi. Lekin g‘usl, kafan kabi masalalarda ularga shahid bo‘lmagan kishilar kabi muomala qilinadi ya’ni ularni g‘usl qildirib, kafanlab ko‘miladi. Haqiqiy shahidlar esa o‘zilarini kiyimlarida, g‘usl qildirilmay qo‘miladilar.
Hukmiy shahidlar bir nechta hadislarda alohida-alohida zikr qilingan. Muhaqqiq ulamolar ana shu hadislarni bir risolaga jamlashgan. Ibn Obidin rahmatullohi alayh o‘zining «Raddul muxtor» nomli kitobida mazkur hadislardan kelib chiqadigan xulosalarini zikr qilgan bo‘lib, homiladorlik vaqtida vafot etgan ayol ularning jumlasidan hisoblanadi. («Ahkomi mayyit» kitobidan). Vallohu a’lam!
10 May 2022, 00:42 | Savol-javoblar | 196 | Ayollarga oid masalalar