Namozdagi xayollar

Assalomu alaykum! Namoz o‘qivotganimda tahorat ovotganimda hayolimga behayo so‘zlar kelishi o‘zimi ichimda aytilishi Auzu billahi minash shaytonir rojiym deb ko‘p aytishim kerakmi. Astag‘firulloh deb etaman namoz o‘qivotganimda behayo so‘z onaga nisbatan kelishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kishi ibodat yoki boshqa biror dunyoviy ish bajarayotganda bor diqqat-e’tiborini o‘sha ishiga qaratishi kerak. Tahorat olayotgan bo‘lsangiz fikringiz faqat a’zolaringizni puxta, mukammal yuvish va suv isrof qilmaslikda bo‘lsin. Namoz o‘qiyotganda esa o‘zingizni oxirat kunida Alloh taolo huzurida amallaringiz hisobini topshirayotgan holda tasavvur qilishingiz va shunga mos qalbiy holatda bo‘lishingiz kerak. Badaningiz bir joydayu hayolingiz boshqa joyda bo‘lsa savolingizdagi kabi muammolarga duch kelaverasiz. Vallohu a’lam!

4 Yanvar 2024, 08:01 | Savol-javoblar | 0 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar