Bolalar bog‘chasidan kelgan sut

Assalomu alaykum! Qaynonamning dugonasi bolalar bog‘chasida mudir. Kechagi kun bir ayol biznikiga sut olib kelib, mudira berib yuborganini aytdi. Uyimiz bogchani yonginasida bo‘lgani uchun bolalarni nonushtasiga isitilgan sut biznikiga etib chiqquncha hali sovimagandi. Qaynonamdan bu sut qaerdan kelganini so‘rasam, mudirning moli tuqqan edi, shundan bo‘lsa kerak, Yana bilmadim deb aniq aytolmadilar. Eng qizig‘i bundan bir kun avval ham xuddi shu holat bo‘lgandi. Bir yoshli o‘g‘limga sutli ovqat qilaman, lekin bu sutdan ishlatgim kelmayapti, bolalarni haqqi... Juda qo‘rqaman... Boshqa olay desam muzlatgichda sut turubdi. Qaynonamga bir nima deyishga ojizman, yoshi katta va namozxon ayollar. Nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haromdan oziqlantirmang. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 00:42 | Savol-javoblar | 136 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar