Yangi ko‘chib kelgandan pul talab qilish
Assalomu alaykum! Men yaqinda yangi chek sotib olib ko‘chib chiqdim. Tabiyki svet va suv taminoti bo‘yicha davlatga to‘lov qilib keyin uyga tushirdim. Lekin mahallam suv va svetga barcha harajatlarni o‘zlari yonidan qilgan ekan. Shuning uchun mendan ham tayyoriga ulanding deb, suv uchun 1 mln, svet uchun ham 1mln jami 2 mln pul talab qilib uyimga kelib tinimsiz janjal qilishayabdi. Lekin surishtirsam bundan 8 yil avval suv uchun 100 ming dan pul yig‘ishgan va shu suvni uyigacha olib kelgan. Aytishlaricha 20 kg go‘sht puliga bichilgan emish. Men esa o‘zim tushirdim. Boshimda erim yo‘q, yolg‘iz onaman, bir nafar qizim bor. Qonunan mendan pul olishga xaqli emaslar. Lekin men o‘sha vaqtda yig‘ilgan pul miqdoricha beraman desam ko‘nishmay, agar bermasang seni tinch qo‘ymaymiz bu mahallada tinch yashamaysan deya taxdid qilishayabdi va shunday ham qilishayabdi. Nima qilay? Ularni chindan menda haqlari bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ular quvur, sim kabi narsalarni o‘zlarining pullariga olib kelishgan bo‘lishsa so‘ragan pullarini bering. Qiyomat kuni sizni ko‘changizga “sim tortdik, suv keltirdik” deb davlat budjetidan olganlardan to‘latib olasiz. Lekin qancha berishlarini bilmadik. Eng to‘g‘risi o‘shaning narxi hozirgi kundagi bozorda qancha bo‘lsa shuni bering. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 12:15 | Savol-javoblar | 166 | Halol va harom