Mashina dalloli

Assalomu alaykum! Hozirda moshina oldi sottida o‘rtakashlik qilib turamiz. Misol. tanish bilishlar mashina sotmoqchiman deb bizga aytadi. Biz u mashinani malum sababga ko‘ra olmasak boshqa tanish mashina sovdosi bilan shug‘ulanadiganlarga darak beramiz va ularga mashinani ko‘rib o‘zing egasi bilan sovdo qilib olasan, lekin menga 100$ berasan shu mashinani olsang deb aytamiz. Mashinani olsa bizga 100$ beradi rozi bo‘lib, lekin mashina egasi biz oramizdagi kelushuvdan bexabar. Yani 100$ olganimni bilmaydi(sir qoladi). Unga mashina topganim uchun shu olayotgan 100$ menga xalolmi? Lekin savdo qilyotganda menga beradigan 100$ni xisobini olib savdo qiladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha sizga beradigan 100 dollarini ham mashinani narxiga mindirib berishi to‘g‘ri emas. Bizda shu ish noto‘g‘ri. Dallolning haqqini xaridorning ustiga yuklaydi yoki molning narxiga qo‘shib qo‘yadi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 01:14 | Savol-javoblar | 136 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar