Ayolni majburlash

Assalomu alaykum! Uylanganimga uch yildan oshdi, alhamdulillah ikki yashar qizalog‘imiz bor. Uylanganimdan beri ahli ayolimga qo‘limdan kelganicha, ilmim etganicha shariyat haqida gapiraman. Alhamdulillah tajvidni o‘rganganman. iloji boricha ayolimga yaxshi munosabatda bo‘laman, hafa qilmaslikka harakat qilaman. lekin namozga sustkashlik qiladi, xijob xaqida gapirsam darrov yig‘laydi, biroz kuting o‘zim xoxlab o‘ranarman deydi, 3 yil kutdim insofga kirarmikan deb. ilm o‘rganasan, xijob o‘raysan, bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaysan desam bo‘ladimi, dinda zo‘rlash bo‘lib qolmaydimi? 3 yil sabr qildim, endi asabiylashishni boshlayabman, rashkim kuchayib, ayolimga baqirishni boshlayabman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imkon boricha yaxshilik bilan insofga chaqiring. Biron soliha taqvodor ayol bo‘lsa tanishtiring. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 19:18 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar