Sunnatga muvofiq soch o‘stirish!

Assalomu alaykum! Bilishimcha soch o‘stirish yigit kishi uchun sunnat hisoblanar ekan. Agar sizlar uchun malol kelmasa shu haqida 3 dona savolim bor edi. 1) Soch ostishga nisbatan shunday javob bergan ekansiz ,,Soch o‘stirish sunnat deb happaytirib yurilmaydi uning ham ehtiromini joyiga qo‘yish kerak ’’ sunnatga muvofiq soch o‘stirishning ehtiromi qanday qay holatda biz sunnatga ko‘proq va aniqroq amal qilgan bolamiz? 2) Imom Termiziyning "Shamoili Muhammadiya" kitobida hazrati payg‘anbarimiz Rosululloh Sollallohu Alayhi Vasallam muborak sochlariga yog‘ istemol qilishlari haqida bayon etilgan ekan bu sunnatmi agar sunnat bo‘lsa bu qanday yog‘ turi? 3) Sochni odatiy ortga tarash ham sunnat ekanligini bizlarga bildirgan edingiz shahsan men ham sochimni ortga tarayman va do‘ppi kiyganimda peshonamda soch ko‘rinmaydi shunday qilish joizmi , kopchilikning sochi peshonasiga tushib turadi yigit kishi uchun bu joiz amalmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Soch haqida umumiy ma’noda hadislar kelgan bo‘lib, umumiy mazhablarda uning muboh ekanligi aytilgan. Chunki soch masalasi odat va xilqat ishlaridan hisoblanadi. Sochni zun qilib o‘stirish agar hozirgi davrdagi fosiqlarni odatiga aylangan bo‘lsa, uni o‘stirilmaydi. Ayyub Sixtiyoniy shogirdi Adiy ibn Fazlga “Rosululllohni kovushlariga o‘xshagan kovush topib keltir” dedilar. Uni bir necha kun kiyib, keyin kiymay qo‘ydilar. Shogirdlari buni sababini so‘raganida “odamlar kiymay qo‘ygan ekan” dedilar. Shunga ko‘ra soch o‘stirish ham sunnat hisoblanmaydi, Rasululloh alayhissalomning shaxsiy odatlariga kiradi. Yog‘lash masalasida ko‘proq zaytun ishlatishgan. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 01:14 | Savol-javoblar | 297 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar