Qorin bilan yotish

Assalomu alaykum! Meni uch yarim oylik farzandim bor uni bir bir yarim oyligidan qorni ko‘p og‘rigani tufayli qorni bilan yotqizsam tinchib uxlar edi. Manna endi esa qorni bilan yotmasa uxlolmaydi. Qorin bilan yotish yaxshi emasligini bildim. Savolim shuki xali farzandim gunox yoziladigan yoshga etmagani uchun shunday yotkizayotganimga menga gunox bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tibbiy jihatdan foyda bergani uchun joiz. Lekin asta sekin to‘g‘ri yotishni ham o‘rgatish kerak. Chunki shariatda kiyishi nojoiz bo‘lgan ipak kiyimni, taqish nojoiz bo‘lgan tillo taqinchoqlarni o‘g‘il bolalarga kiyintirib yoki taqib qo‘ysa ota-ona gunohkor bo‘ladi – deyilgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:05 | Savol-javoblar | 173 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar