Sunnat sharxi

Assalomu alaykum! Rosululloh alayhissalomning sunnatlarini oqib Alloh Qodir qilganicha amal qilyabman. Tushunmagan joylarimni sizlardan so‘ramoqchi edim. Vaqt koproq ketmasligi uchun tarjimasini yozib ketaman. Sad Ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu) aytdilar: "Bir kishi namozga keldi. Rasululloh (alayhissalom) namozni bosh Lagan edilar. U kishi safga turganidan keyin :" Allohumma atiniy afzola ma tutiy ibadakas solihiyn" (yo Robbim, menga solih bandalaringa beradigan narsaning eng afzalini ber) dedi. Rosululloh namozni tugatgandan so‘ng: hozir gapirgan kim dedilar? Haligi kishi men yo Rosululloh dedi. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam unga "oting o‘ldirilib o‘zing Alloh yo‘lidan shaxid bo‘lasan" dedilar. Ibn Sunniy va Nasaiy. (Buxoriy ham tarix kitobida shuni rivoyat qilgan) Shu hadisni sharxlab yaxshilab tushuntirib bersangiz? Masalan o‘zim namozga iqomat aytib turganimda, iqomat aytib bolganimdan keyin shu duoni o‘qib, keyin namozga niyat qilib takbir aytamanmi? Nafil va sunnat namozlarda esa niyat qilishdan oldin aytamanmi? Jamoat namozlarda esa muazzin iqomat oytib bolgach nasga turganimdan keyin imomga ergashishdan oldin shu duoni maxfiy o‘qib, keyin esa iqtido qilishni niyat qilib quloq qoqamanmi? Shuni Tog‘rimi yoki hato tushundimmi? 2. Ummu Rofi (roziyallohu anho) aytadilar: Paygambar alayhissalomga : YO Rosululloh menga bir amalni o‘rgatingki bu bilan Alloh menga ajr bersin, dedim. Payg‘ambar alayhissalom "Agar namozga tursang Allohga o‘n marta tasbex,(subhanalloh) o‘n marta taxlil, (LA ilaha illalloh) o‘n marta taxmid (alhamdulillah) o‘n marta takbir (Allohu akbar) ayt,dedilar... (Ibn Sunniy) Bu zikrlarni qaysi payt aytaman shuni ham tushuntirib bering iltimos sizdan. Men Payg‘ambar alayhissalomning takidlanmgan sunnatlarini ham ulug‘ sanayman huddi o‘zidagiday qilib amal qilishni xoxlayman. Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Namozdan boshqa vaqtlarda aytib yuraverasiz. 2). Namoz o‘qib bo‘lgandan keyin. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 01:36 | Savol-javoblar | 151 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar