Ulamolar fikridagi farq
Assalomu alaykum! Ahli sunna va jamoa ulamolaridan bo‘lgan ikki shaxs Imom Abu Mansur va Imom Abul Hasan rohimahullohlar bor. Ular qaysi gapi yoki yo‘nalishi bilan bir-biridan farq qiladi shuni tushuntirib bersangiz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bizu tushuntirib beramiz lekin siz uni tushunishga loyiqmisiz shunisi muammo. Chunki hozir bir fizik olim fizikaga tegishli biror bir qonunni aytsa tushunmayman deb javob berasiz. Tushunmasligingiz ham tabiy, bu ayb emas. Ular aytgan masalalar ham bir qancha ilmlar egallamagan insonni tushunishi qiyin. Muammo oddiy xalq tushunolmaydigan shu masalani ba’zilar o‘zlari ham to‘liq tushunmasdan turib xalq orasida yoyib odamlarni ahmoq qilishdir. Oddiy bir masalasini keltirsak, Abul Hasan Ash’ariy rahmatullohi alayh narsalarning xossasi o‘zi ta’sir qilolmaydi. Alloh ta’sir qilsagina ta’sir qiladi. Masalan o‘t kuydirmaydi, qachon Alloh kuydir desa keyin kuydiradi deganlar. Abu Mansuriy Moturidiy rahmatullohi alayh Alloh taolo o‘tga kuydirish xossasini bergan, ammo Alloh kuydirma degan vaqtda kuydirolmaydi. Masalan Ibrohim alayhissalom o‘tga uloqtirilganlarida Alloh o‘tga “Sovuq va salomatlik bo‘l” deb buyurgan. O‘tdan salomat chiqqanlar. Mo‘taziliy firqasidagilar esa o‘tni kuydirish yoki kuydirmaslikka Allohni hech qanday aloqasi yo‘q deyishadi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 02:31 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar