Savdo sotiq va ribo
Assalomu alaykum! Bir o‘rtog‘im tijorat soxasini rivojlantirish maqsadida bir birodarimizdan pul olgan va muni evaziga xar oy birodarimizga bir xil foyda beradi. Masalan 3.000.000 so‘m. Lekin sarmoyaga tikilgan pul birodarimizga beriladigan foydasi ba’zi bir oylarda 3.000.000 so‘mdan ziyodroqqa to‘g‘ri keladi. Ba’zida 3.000.000 so‘mdan kamroq. Men unga bu qilyotgan ishing riboxo‘rlik bo‘lib qolmaydimi desam, u menga agar pul (aylaniyotgan) ya’ni sarmoya uchun tikilsa joiz deb aytdi. Kelushuvga qarab dedi. Shunga tushuntirib bersangizlar. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 3.000.000 so‘m deb tayin qilib olish sudxo‘rlik hisoblanadi. Uning o‘rniga foydaning 3.000.000 so‘mga to‘g‘ri keladigan foiziga hisoblash kerak. Masalan o‘sha 3.000.000 har oydagi foydaning 30%ga to‘g‘ri kelsa “Foydaning 30% senga” deb kelishishsin. Shunda ba’zi oylarda ko‘proq chiqsa ko‘proq, kamroq chiqsa kamroq oladi. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 09:49 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat