Namozni kechiktirib (qazo) o‘qishga sabab

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Savolim shundan iborat edi. Men bir tashkilotda xaydovchi bo‘lib ishlayman, bir ayolni olib yuraman, namoz o‘qishimga qarshilik qilmaydi, lekin namoz vaqtida namozga kirib chiqay desam “mani odamlar kutib o‘tirishibdi, namoz o‘qishiz ishga tasir qilmasin” deydi. Ishim ertalab 9:00 dan 17:00 gacha. Ishdan keyin namozlarimni kechiktirib o‘qisam bo‘ladimi? Yoki ishimni o‘zgartiraymi? Maslahat beringlar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ishni o‘zgartirishga hojat yo‘q. 4 rak’at namozni 3-4 daqiqadan o‘qisa bo‘ladi. O‘z vaqtida o‘qing. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:59 | Savol-javoblar | 152 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar