Ular uchun nima qilay
Assalomu alaykum! MAST BO‘LIB O‘LGAN YaNA MAST BO‘LIB TIRILADI Sharob ichgan odamning qirq kecha va qirq kunduz namozi qabul bo‘lmaganidek, shoyadki, tavba qilsa, tavbasi qabul bo‘lar. Agar to‘rt marta aroq ichgan bo‘lsa, Alloh taolo unga jahannam xalqining yiringini ichiradi. Shu qirq kun ichida o‘lsa, kofir bo‘lib o‘ladi va dunyodan mast holda ketadi. Qabrida ham mast holda qoladi. Qiyomat kunida mast bo‘lib tiriladi va mast holda jahannamga olib ketilishi amr qilinadi. Mastligi tufayli namozni bir marta tark etgan kishi dunyo va undagi hamma narsani qo‘ldan boy bergan odam kabidir. Shunday ekan, quyidagi besh holda ummati Muhammad uchun halokat bor: 1. Bir-birini la’natlashda; 2. Ichkilik ichishda; 3. Ipakli kiyim kiyishda; 4. Yomon ayol saqlashda; 5. Bir jinsdagi kishilarning o‘zaro shahvoniy munosabatlarida. Ichkilikning falokatligi haqida qanchadan-qancha asar va qimmatli so‘zlar mavjud. Bularni yo o‘qimaymiz, yo o‘qisak ham, nafsimizga qul bo‘lganimizdan qulog‘imizga kirmaydi. Bugun barcha yurtlar shifobaxsh sharbat bilan to‘lib toshgan ham arzon, ham salomatlik uchun foydali, aqlni ham ketkizmaydi, aksincha, quvvat beradi. Lekin afsuslarki, irodasi zaif odamlar, aqldan mahrum qiladigan, ham sog‘liqqa zarar beradigan, ham ba’zan oqibati o‘lim bilan tugaydigan hodisalarga sabab bo‘ladigan ichkilikka mubtalo bo‘lganlar. Ichkilikni chiqarganlar muhaqqaq dinsiz va axloqsiz odamlardir. Islom kelgach, ichkilik ta’qiqlandi. Bu ta’qiq Madinai Munavvarada e’lon qilinganda, musulmonlarning hammasi uylaridagi ichkilikni ko‘chalarga olib chiqib to‘kdilar, shishalarini ham sindirganlar. Hatto Madinai Munavvara ko‘chalaridan sharoblar xuddi seldek oqqan ekan. Ana musulmonlik! Payg‘ambarningso‘ziga amal qilmoq ana shunday bo‘ladi. Hech taraddud etmay, payg‘ambar buyrug‘iga darxol itoat etib, saqlagan sharoblarini ham to‘kib, ham shishasini sindirganlar. Alloh taolo jumlamizni sevmagan va ta’qiqlagan har qanday narsasidan muhofaza etsin va O‘zi sevgan, rozi bo‘lgan bandalaridan qilsin. «IChKILIK–IYMON ZAVOLI» kitobidan. Assalom alekum ustozlar ushb so‘zlarni o‘qib meni oila a’zolarimdan 2 kishi mast holda vafot etgan ular gunohi kaforati uchun nima qilishim mumkin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ochiq kufrda vafot qilishmagan bo‘lsa, Ular haqqida duoda bo‘ling, oqibatini biz ham bilmaymiz. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 12:53 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ochiq kufrda vafot qilishmagan bo‘lsa, Ular haqqida duoda bo‘ling, oqibatini biz ham bilmaymiz. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 12:53 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush