Temir haqida

Assalomu alaykum! Savolim nojoiz bo‘lsa avvaldan uzr so‘riman. Temir bilan bog‘liq odam ya’ni xaydovchilar, moshina ustalari, Samarqanddagi Hazrati Dovud ziyorotgohini ziyorat qilmasa ishi yurishmas ekan degan gap eshitdim. Hazrati Dovud temirni piri deyishadi va turli marosimlar qilib ishxonamizga ovqat olib kelib 7ta cho‘zma qilib kelishadi. Tilovat qilib eb olilar deyishadi. Bu narsalar qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolodan boshqasi uchun atab qilingan har bir narsa harom hisoblanadi. Hazrati Dovud alayhissalom payg‘ambar bo‘lganlar, lekin Samarqandda bo‘lmaganlar. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 13:21 | Savol-javoblar | 189 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar