Namoz o‘qish yuzasidan

Assalomu alaykum! 1. Namozdan so‘ng 33 martadan tasbeh, tahmid va hamd aytilishi ulug‘ savob keltirishi ma’lum, namoz tugagandan keyin shu o‘rinda 100 yoki 1000 marta takrorlasa ham bo‘ladimi, Qur’oni karim, hadis, mazhab yoki fatvolarda belgilanmagan bo‘lsa, noto‘g‘ri amal qilib qolmaymizmi? 2. Vitr namozini imomga iqtido qilib o‘qish mumkinmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Har bir amal ibodat bo‘lishi uchun uchta shart kerak. Shariatga muvofiq bo‘lishi, xolis Alloh uchun bo‘lishi va uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanday qilgan yoki aytgan bo‘lsalar o‘shandek qilish. Siz ham nima ibodat qilsangiz o‘sha ishni aynan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanday qilgan bo‘lsalar o‘shandek qilishni odatlaning. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida 33ta deb marhamat qilganlar. 2). Ramazondan boshqa vaqtda mumkin emas. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 10:56 | Savol-javoblar | 143 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar