Allohning 99 ismlarini suvga solib ichish

Assalomu alaykum! Yaqinda qo‘shnimiz uylarida exson qildila. U erga otinoyi kelib ancha yaxshi maruzalarni qildilar va aytdilarki zafaron bilan yozilgan Allohning 99 ismlarini, kimki bomdod namozidan so‘ng, suvga solib ixlos qilib ichsa, ko‘p kasalliklarga shifo bo‘ladi va isiq sovuqlar xam ketadi dedilar. O‘zlarini oldilarida shunaqa yozib tayyor qilib qo‘yilgani bor ekan. Sotaman olela degandila, ko‘pchiligimiz bir donasini 15mingdan uchta to‘rttalab sotib oldik. Keyin uyga chiqib akamdan so‘rab, shuni ichila dedila, ichishdan oldin o‘qiladigan duo bormikin bilsez ayting deb so‘rasam, bunaqa narsa umuman yo‘q yozuvni suvga botirib ichish xam yo‘q ichmagin deb aytdila. Endi buni olgan qo‘shnilarimiz ko‘pligisi ertasi kuniyoq ichib bo‘lishdi. Manda esa bu narsa xali xam saqlanib turibdi. Endi nima qilishni bilmayamman. Sizlardan iltimos, shu masalaga oydinlik kiritib bersangizlar, ichish ichmasligimni bilmay qoldim. Kelgan otin oyi xam juda ilmli, ko‘kaldoshda xotin qizlar qo‘mitasida maslaxatchiman deb aytdilar. Akam xam juda taqvoli va ilmlari ancha yaxshi. Kimga quloq solay? Sizlarga katta rahmat. Alloh, rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh taoloning ismlarini suvga solib ichsin degan narsa dinimizda yo‘q. Aksincha ularni yodlab, o‘sha ismlarni zikr qilib Allohdan so‘rash kerak. Alloh taolo “A’rof” surasida marhamat qiladi:  وَلِلّهِ الأَسْمَاء الْحُسْنَى فَادْعُوهُ بِهَا وَذَرُواْ الَّذِينَ يُلْحِدُونَ فِي أَسْمَآئِهِ سَيُجْزَوْنَ مَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ۝ 180. Eng go‘zal ismlar Allohnikidir. Bas, Unga ular ila duo qiling va Uning ismlarida og‘adiganlarni tek qo‘yavering. Tezda qilgan amallarining jazosini olurlar. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ ِللهِ تَعَالَى تِسْعَةً وَتِسْعِينَ اسْمًا مَنْ أَحْصَاهَا دَخَلَ الْجَنَّةَ: هُوَ اللهُ الَّذِي لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ الرَّحْمَنُ الرَّحِيمُ الْمَلِكُ الْقُدُّوسُ السَّلَامُ الْمُؤْمِنُ الْمُهَيْمِنُ الْعَزِيزُ الْجَبَّارُ الْمُتَكَبِّرُ الْخَالِقُ الْبَارِئُ الْمُصَوِّرُ الْغَفَّارُ الْقَهَّارُ الْوَهَّابُ الرَّزَّاقُ الْفَتَّاحُ الْعَلِيمُ الْقَابِضُ الْبَاسِطُ الْخَافِضُ الرَّافِعُ الْمُعِزُّ الْمُذِلُّ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ الْحَكَمُ الْعَدْلُ اللَّطِيفُ الْخَبِيرُ الْحَلِيمُ الْعَظِيمُ الْغَفُورُ الشَّكُورُ الْعَلِيُّ الْكَبِيرُ الْحَفِيظُ الْمُقِيتُ الْحَسِيبُ الْجَلِيلُ الْكَرِيمُ الرَّقِيبُ الْمُجِيبُ الْوَاسِعُ الْحَكِيمُ الْوَدُودُ الْمَجِيدُ الْبَاعِثُ الشَّهِيدُ الْحَقُّ الْوَكِيلُ الْقَوِيُّ الْمَتِينُ الْوَلِيُّ الْحَمِيدُ الْمُحْصِي الْمُبْدِئُ الْمُعِيدُ الْمُحْيِي الْمُمِيتُ الْحَيُّ الْقَيُّومُ الْوَاجِدُ الْمَاجِدُ الْوَاحِدُ الصَّمَدُ الْقَادِرُ الْمُقْتَدِرُ الْمُقَدِّمُ الْمُؤَخِّرُ الْأَوَّلُ الْآخِرُ الظَّاهِرُ الْبَاطِنُ الْوَالِي الْمُتَعَالِي الْبَرُّ التَّوَّابُ الْمُنْتَقِمُ الْعَفُوُّ الرَّءُوفُ مَالِكُ الْمُلْكِ ذُو الْجَلَالِ وَالْإِكْرَامِ الْمُقْسِطُ الْجَامِعُ الْغَنِيُّ الْمُغْنِي الْمَانِعُ الضَّارُّ النَّافِعُ النُّورُ الْهَادِي الْبَدِيعُ الْبَاقِي الْوَارِثُ الرَّشِيدُ الصَّبُورُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ حِبَّانَ وَالْحَاكِم  Abu Hurayra roziyalohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Allohning to‘qson to‘qqizta ismi bor. Kim ularni to‘liq bilib olsa, jannatga kiradi. U Undan o‘zga ilohu ma’bud yo‘q Allohdir. Rohman, Rohiym, Maliq Quddus, Salom, Mu’min, Muhaymin, Aziyz, Jabbor, Mutakabbir, Xoliq, Bori’, Musovvir, G‘offor, Qahhor, Vahhob, Razzoq, Fattoh, Aliym, Qobiz, Bosit, Xofiz, Rofe’, Mu’izz, Muzill, Samiy’, Basiyr, Hakam, Adl, Latiyf, Xobiyr, Haliym, Aziym, G‘ofur, Shakur, Aliy, Kabiyr, Hafiyz, Muqiyt, Hasiyb, Jaliyl, Kariym, Roqiyb, Mujiyb, Vosi’, Hakiym, Vadud, Majiyd, Bo’is, Shahiyd, Haqq, Vakiyl, Qoviy, Matiyn, Valiy, Hamiyd, Muhsiy, Mubdi’, Mu’iyd, Muh’yi, Mumiyt, Hayy, Qoyyum, Vojid, Mojid, Vohid, Somad, Qodir, Muqtadir, Muqaddim, Mu’axxir, Avval, Oxir, Zohir, Botin, Voliy, Muta’oliy, Barr, Tavvob, Muntaqim, Afuvv, Ra’uf, Molikul Mulq Zul Jalali val Ikrom, Muqsit, Jomi’, G‘aniy, Mug‘niy, Moni’, Zorr, Nofi’, Nur, Hodiy, Badiy’, Boqiy, Voris, Roshiyd va Sobur», dedilar». 
Termiziy, Ibn Hibbon va Hokim rivoyat qilganlar. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 20:56 | Savol-javoblar | 86 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar