Bizga qayta yo‘l yo‘qmi?

Assalomu alaykum! Men musofirman, musofirda yurib bir ayolga uylandim, nikox o‘qildi, lekin meni o‘z yurtimda xotinim bor edi. Albatta bu sir emasti 2-uylanyatip xammasini aytkanman, u rozi bo‘lgan va yashashti boshladik. Nikoxdan oldin rosa o‘ylandim qisqasi ming o‘lchap bir kestim, Allohga tavakkal qilip uylandim chunki vaqtincha uylanish emas yoki nafsim uchun emasti. Yana u ayol boshqa bir musulmon bo‘lmagan odam bilan yashagan ekan. Ularga xam qaramadim, xammasi yaxshi edi lekin bora bora birinchi xotinimdan rashq qila boshladi. Yaxshi gapirdim yomon gapirdim qisqasi tushintirolmadim. Oxiri tez-tez uruship ketip turdik qattig‘am tegdim foydasi bomadi. Birkun o‘zi talog‘imi ber dep turip oldi achchik ustida xa bo‘pti unda, senga shunaqa dep aytdim. Lekin meni ko‘nglim bor edi. Bir pasta kelishtik tovba qildik yashayverdik internetdan eshitdim yutubdan o‘zimga yo‘l topkande bo‘ldim, lekin yaxshi bopketmadi. Bu safar jaxl chiqti senga uch talaq devordim. Shundan beri otdelno yashayapman, lekin yurak g‘ash. Bizga endi qayta yo‘l yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uch taloq degan bo‘lsangiz  uch taloq tushadi. Uchtaloqdan keyin birga yashashga yo‘l yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:28 | Savol-javoblar | 133 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar