Vahdat

Assalomu alaykum! Men “Tazkirat ul Avliyo” kitobini o‘qidim shu kitobda Mansur Halloj degan avliyo zot o‘tgan ekan. Shu avliyo o‘zini Anal haq degan joyini o‘qib qoldim va bu narsani bir ilmli kishidan so‘raganimda vahdat ekanligi aytdilar va buni tushuntirib berolmayman dedilar. Aytmoqchimanki qanday qilib Alloh bilan birlik hosil qilish mumkin va bu qanday sodir bo‘ladi? Xullas men bari bir tushunolmadim. Agar iloji bo‘lsa to‘liq tushuntirib bersangizlar, iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularning bu holatini g‘alabatul hol, ya’ni beixtiyor shu holatga tushib qolgan deyiladi. Ular bu borada uzrli hisoblanadilar. Bu holatga tushgan insonni ko‘rmaganlar uni tushunishlari qiyin. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 05:49 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar