Legenda deyish

Assalomu alaykum! Butun Payg‘ambarlar tarixini, legenda deb aytishlik kufrmi? Shunday degan inson kofir bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Afsona deyish kufr. Chunki afsona deb asli yo‘q to‘qimalarga aytiladi. Bu gapni kofirlar aytishar edi. Alloh taolo “Furqon” surasida marhamat qiladi: وَقَالُوا أَسَاطِيرُ الْأَوَّلِينَ اكْتَتَبَهَا فَهِيَ تُمْلَى عَلَيْهِ بُكْرَةً وَأَصِيلًا۝ 5. Ular: «Bu avvalgilarning afsonalaridir. Ularni yozdirib olgan. Holbuki, ular unga ertayu kech imlo qilinur», – dedilar. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 01:50 | Savol-javoblar | 150 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar