O‘yin avtomati

Assalom alaykum! Men istirohat bog‘i yoki savdo majmualari yonida "Xvatayka" deb nomlanadigan o‘yin avtomati qo‘ymoqchi edim. Bu avtomat ishlash prinsipi o‘yin uchun narx belgilab qoyiladi va shu narx uchun vaqt beriladi. Aytaylik 1 minut. Bu vaqt oralig‘ida apparatning kran mexanizmi yordamida ichidan o‘yinchoq olishga harakat qilinadi. Vaqt tugaguncha esa yo o‘yinchoq olinadi yoki yoq. Bu tartibdagi o‘yin shar’an joiz emas. Men ushbu o‘yin avtomatini quyidagicha ishlatmoqchiman: aytaylik o‘yin narxi 10000 so‘m bo‘ladi. O‘yin avtomati ichidagi sovg‘alar esa 7000, 8000, 15000 yoki boshqa xil qiymatda. O‘yin esa foydalanuvchi toki bitta o‘yinchoq yutib olmaguncha davom etadi va o‘yinchoqni qo‘lga kirtadi. Apparatda faqat bir xil qiymatli o‘yinchoqlar bo‘lsa hech kim o‘ynamaydi. Shu tartibda ish olib borishim joizmi? Yoki shu o‘yin avtomatimdan qay tartibda foydalansam joiz bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buning joiz ko‘rinishi yo‘q. Vallohu a’lam!

14 Dekabr 2023, 12:16 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar