Hadis izlab

Assalomu alaykum hurmatli Shayx Hazratlari­!Mehribon va rahmli Alloh bu dunyoda ham oxiratda ham sizni yaxshi mukofotlar­ bilan siylasin!Ustoz uzr bir hadisni topishga Alloh yo‘lida yordam bersangiz.Bu hadis haqida eshitganlar­im, Oisha roziyallohu­ anho onamiz aytib berganlar. Hadisning tahminiy ma’nosi shunday: Nabiy alayhisalo­m yotdilar, bir muddat o‘tib kirdim ko‘zlaridan­ yosh kelib yig‘ladilar­. "Nega yig‘layapsiz­ Allohning Rasuli?" desam, "Shukr qilganimda­n keyin bir muddatdan keyin Oisha menga ruhsat ber, Robbimga yuzlanmoqchi­man" deb namozga turdilar.Agar xato qilgan bo‘lsam Alloh kechirsin. Qisqaroq bo‘lsa ham ma’nosini keltirdim. Juda ham hursand bo‘lardim, agar to‘liq shu hadisni topsam, inshaalloh!­Savolda xatolari bo‘lsa uzr. Alloh sizdan rozi bo‘lsin Ustoz!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ato ibn Abu Rabohdan rivoyat qilinadi:Abdulloh ibn Umar va Ubayd ibn Umayr bilan birgalikda Oisha (r.a.) maxsus xonalarida ekanlarida, huzurlariga kirdik. Oisha: "Mana bular kim?" dedilar. Biz: "Abdulloh ibn Umar va Ubayd ibn Umayrlar", dedik. Oisha: "Ey Ubayd ibn Umayr, sen avvalgi aytgani kabi vaqti-vaqti bilan ziyorat qilsang, senga nisbatan muhabbat ziyoda bo‘ladi", dedilar. Shunda Ibn Umar (r.a.): "Bu botil gaplaringizni qo‘ying, (uni o‘rniga) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamda ko‘rgan narsalaringizni eng yaxshisini gapirib bering", dedilar. Oisha buni eshitib qattiq yig‘lashda, yig‘lab yubordilar. So‘ngra u onamiz: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning har-bir ishlari ajoyib edi. Kechalarning birida huzurimga kelganlarida, men to‘shagimga kirib bo‘lgan edim. U zot ham men bilan to‘shagimga kirdilar. Hatto terilari mening terimga jipslashdi. So‘ngra u zot: "Ey Oisha, menga izn ber, Rabbim azza va jallaga ibodat qilayin", dedilar. Men: "Ey Allohning rasuli! sizni (Allohga) yaqinlashishingizni hamda oshiq bo‘lishingizni istayman", dedim. Keyin u zot uydagi suv idishni oldiga borib, undagi suvda tahorat oldilar. Keyin Qur’on o‘qidilar. So‘ngra yig‘lagandilar, men yig‘i yoshlari emaklayotgan joylariga tushdi, deb gumon qildim. So‘ngra o‘tirdilar, duo qilib yana yig‘ladilar. Ko‘z yoshlari belbog‘lariga etdi, deb gumon qildim. Keyin o‘ng tomonlariga yonboshladilar. O‘ng qo‘llarini o‘ng chakkalari ostiga qo‘ydilar. So‘ngra yana yig‘ladilar hatto ko‘z yoshlari erga tushdimikan, deb gumon qildim. So‘ngra Bilol kelib qoldi. Izn so‘ragach salom berib kirdi. U zotni yig‘layotganlarini ko‘rgach: "Ey Allohning rasuli! Alloh sizni avvalgiyu va keyingi gunohlaringizni kechirib qo‘ygan bo‘lsa, nima uchun yig‘lamoqdasiz!" dedi. Nima uchun yig‘lamayki, axir bu kechada menga "Albatta, osmonlaru erning yaratilishida va kecha-kunduzning almashinishida aql egalari uchun belgilar bor" (Oli Imron-190) oyati nozil bo‘lgan. Kim ushbu oyatni o‘qisada, u haqda fikr qilmasa holiga voy bo‘lsin. Ey Bilol sening holingga ham voy bo‘lsin, axir shukr qiluvchi banda bo‘lmayinmi?", dedilar. "Mushkilul osor" kitobiMuallif: Abu Ja’far Ahmad ibn Muhammad ibn Saloma ibn Abdulmalik ibn Salama al-Azdiy al-Hajariy al-Misriy Tahoviy nomi ila mashhur bo‘lgan zotdirlar. 321-hijriy sanada vafot etganlar.

4 May 2022, 15:19 | Savol-javoblar | 152 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar