Savob etib turishi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin! Bir hadisda «o‘limdan bir kishini qutqarib qolsa, butun insoniyatni qutqarib qolgan bo‘ladi, agar bir begunoh kishini qasddan o‘ldirsa, butun insoniyatni o‘ldirgan bilan barobar bo‘ladi» deb eshitgan edim. Bu erda qutqarilgan kishi musulmon bo‘lishi shartmi, yoki dinining ahamiyati yo‘qtsmi? Agar nasroniy yoki majusiy yoki dinsiz kishi bo‘lsa ham, o‘layotganda yordam berib qutqarsa o‘sha savobga ega bo‘ladimi? Reanimatologiyada ishlaydigan shifokorlar xar kuni bemorlarni hayotga qaytarish uchun kurashishadi va katta maosh olishidi. Ularning olayotgan maoshi savobiga halaqit bermaydimi?
2). Agar kishi birodariga kitob yoki din ta’limiga xizmat ko‘rsatadigan buyum sovg‘a qilsa uning savobi qiyomatgacha kelib turadimi yoki faqat o‘sha kitob yoki buyum ishlatilgandagina savob beriladimi? Bu ish bilan «yaxshi sunnatni barpo qilganga o‘sha sunnatga amal qilganlarning savobi mislicha savob yoziladi» degan hadisga muofiq savob olish mumkinmi? Javobingiz uchun oldindan katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). "Bir kishi yo‘lda juda ham chanqadi. U bir quduq izlab topdi. Unga tushib chanqog‘ini qondirib chiqdi. Shu vaqt, tashnalikdan nam tuproqni yalayotgan bir itni ko‘rdi. It ham men kabi chanqabdi, deb o‘ylab, u kishi yana quduqqa tushdi va oyoq kiyimida suv olib chiqib itni sug‘ordi. Alloh uning gunohlarini kechirdi, dedilar, Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam. Sahobalar U zotdan: "Ey Allohning Rasuli, hayvonlardan biz uchun ajr bormi?", deb so‘radilar. Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam: "Har-bir jonlida shunday ajr bor", deb javob qildilar. Hayvonga qilingan ishning mukofoti shu bo‘lsa qolganini tasavvur qilib olavering. Olayotgan maoshlari savobini kamaytirmaydi. Chunki hozirda diniy ta’lim berayotganlar ham, imom yoki muazzin vazifasidagilar ham maosh oladilar. Eng muhimi, ixlos va fidokorlik bilan yondashsinlar. 2). Kitob yo‘q bo‘lib ketsada undagi ma’lumot davom etar ekan, savobi yozilib turadi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 06:28 | Savol-javoblar | 167 | Ta’lim va muta’allim