Programma haqida

Assalamu alaykum! Men bir saytni ko‘rib qoldim. Unda bizning oldingi hayotimiz haqida ya’ni tug‘ilgan kun, oy va yilni yozsa, oldingi hayotda kim bo‘lganimiz, jinsimiz va yilimiz bilinar ekan. Bunga ishonch bormi? Dunyoga 7 marotaba kelamiz degani shumikin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Dunyoga qayta kelish e’tiqodini shariatda “Tanosux” deyiladi. Bu e’tiqod kufrdir. Tanosuxni e’tiqod qilishda dinning bir necha bandlarini inkor qilish bo‘ladi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:30 | Savol-javoblar | 176 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar