Zakot, ushr xaqida

Assalomu alaykum! Xozirda uyda 20 mlnga yaqin pul bor edi. Bu pulni yarmidan ko‘prog‘i o‘tgan yildan qolgan. O‘tgan yili zakot bergandik. Keyin molimiz nisobdan kamaydi. Lekin kecha petrushka (ko‘kat) sotdik. Uni puli 14 mlg yaqin bo‘ldi. Agar 20 mlnga ko‘katni pulini qo‘shsak zakot berish kerak. Lekin u mol nisob miqdoriga bir yil to‘lmagan. Shunday bo‘lsa xam zakot berish niyatim bor. Bu xolatda zakot berish kerakmi yo‘qmi? O‘zi ko‘katdan ushr beriladimi yoki pulidan zakot? Ushr berilsa ko‘kat bir necha marta uziladi, xar sotganda ushr beramizmi? Ushrni 1/20 beramizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz noto‘g‘ri tushunchada ekansiz. Yilning o‘rtasida nisobni kamayishi zakotni soqit qilmaydi. Ikkisini ham qo‘shib hammasidan zakot chiqaring. Zakot bersangiz ham kifoya. Ko‘kat odatda parnik yoki ogorodga ekiladi, uni 1/20dan bersa ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 12:36 | Savol-javoblar | 174 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar