Braziliyadan kelgan go‘sht halolmi

Assalomu alaykum! Men bir chet el qo‘shma korxonasida ishlayman. Bir oy ishda va bir oy uyda bo‘lamiz, ishxonamiz cho‘l xududida joylashgan, ishxonamizning ishchilar ovqatlanadigan oshxonasi bor va barcha ishchilar shu oshxonada ishxona xisobidan ovqatlanadi. Allohga shukur ishxonamizda namoz uchun barcha sharoitlar bor va jamoatimiz xam anchagina. Yaqinda ishxonamiz oshxonasiga braziliyadan go‘sht keltirilayotganini eshitib qoldik va bizda savol tug‘ildiki biz endi bu oshxonadan ovqatlansak bo‘ladimi? Braziliyada mol so‘yishda Bismillohni aytilmasligi extimoli juda katta. Biz qanday yo‘l tutaylik, shu oshxonadan ovqatlanaveraylikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Go‘shtni halolligini aniq bilmaguningizcha, iste’mol qilishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 03:58 | Savol-javoblar | 172 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar