Yaxshi va yomon ko‘rish me’yori haqida hadis

Assalomu alaykum! Bir xadisni tushuna olmayapman. Biror kishini yaxshi ko‘rsang o‘rtacha yaxshi ko‘r bir kun kelib yomon ko‘rganing bob qolishi mumkin. Biror kishi yomon ko‘rsang o‘rtacha yomon ko‘r bir kun kelib yaxshi ko‘rganing bob qolishi mumkin deyilgan. Boshqa xadislarda yomon ko‘rmanglar va xasad qilmanglar deganku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson beixtiyor kimnidir yaxshi ko‘radi, kimnidir yomon ko‘radi. Albatta bunga sabablar bo‘ladi. Shu yaxshi ko‘rganingda ham o‘ta ishonib yubormagin, beixtiyor yomon ko‘rganingda ham oshirib yubormagin degani. حدَّثَنَا َدَّثَنَا أَبُو كُرَيْبٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا سُوَيْدُ بْنُ عَمْرٍو الْكَلْبِيُّ، عَنْ حَمَّادِ بْنِ سَلَمَةَ، عَنْ أَيُّوبَ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ سِيرِينَ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ - أُرَاهُ رَفَعَهُ - قَالَ: «أَحِبَّ حَبِيبَكَ هَوْنًا مَا عَسَى أَنْ يَكُونَ بَغِيضَكَ يَوْمًا مَّا، وَأَبْغِضْ بَغِيضَكَ هَوْنًا مَا عَسَى أَنْ يَكُونَ حَبِيبَكَ يَوْمًا مَّا».
هَذَا حَدِيثٌ غَرِيبٌ لَا نَعْرِفُهُ بِهَذَا الْإِسْنَادِ إِلَّا مِنْ هَذَا الْوَجْهِ.
وَقَدْ رُوِيَ هَذَا الْحَدِيثُ عَنْ أَيُّوبَ بِإِسْنَادٍ غَيْرِ هَذَا رَوَاهُ الْحَسَنُ بْنُ أَبِي جَعْفَرٍ - وَهُوَ حَدِيثٌ ضَعِيفٌ أَيْضًا - بِإِسْنَادٍ لَهُ عَنْ عَلِيٍّ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَالصَّحِيحُ هَذَا عَنْ عَلِيٍّ مَوْقُوفٌ
 Bizga Abu Kurayb hadis aytib berdi. U dedi: «Bizga Suvayd ibn Amr Kalbiy hadis aytib berdi». U Hammad ibn Salamadan, u Ayyubdan, u Muhammad ibn Sirindan:
Abu Hurayradan:
«O‘z habibingga bir oz yumshoq muhabbat qil. Ehtimol, biror kuni yomon ko‘rganingga aylanib qolar. Yomon ko‘rganingni bir oz yumshoq yomon ko‘r. Ehtimol,  biror kuni mahbubingga aylanib qolar», dedilar».
Bu g‘arib hadisdir, bu isnod ila uni faqat bu ko‘rinishdan bilamiz. 

Bu hadis Ayyubdan bu isnoddan boshqasi ila rivoyat qilingan. Hasan ibn Abu Ja’far rivoyat qilgan. U ham unga bo‘lgan isnod ila Alidan, u Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan zaif hadis. To‘g‘rirog‘i bu gapni Aliy roziyallohu anhu aytganlar.(Termiziy rivoyati). Vallohu a’lam!

10 May 2022, 03:58 | Savol-javoblar | 173 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar