Onlayn kassa chek

Assalomu alaykum! Yangi chiqqan qonunga muvofiq men do‘konga kirib narsa xarid qilsam va xarid qiganimdan so‘ng soliqqa murojat qilsam menga chek bermadi deb soliq o‘sha xaridordi xozirgi qonunga muvofik jazolaydi. Misol 5 million sum shuning 20foizini menga beradi men 10-15 ta do‘konga kirib shunaqa murojat qisam va xar safar 20 foizdan to‘lab berishadi. Savol, shunaqangi ishlar qib yurish xalolmi? Ko‘p jabr ko‘ryatgan tadbirkorlardan biri men. Agar xalol bo‘sa menam shu ishdi qilay zararimni qoplay.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinimizda biror ayb yoki xatoni ko‘rganda tez chaqimchilik qilmasdan aybdorni bu ishdan qaytarib nasihat qilishga buyurilgan. Siz xaridorlarga chek bermasdan jabr ko‘rganlardan bo‘lsangiz siz ham chaqimchilikka o‘tmasdan qonunga amal qilib chekni berishga o‘ting. Xaridorlarga o‘zlarining haqqini bermasangiz va ular chaqimchilik qilishsa, ulardan emas o‘zingizdan o‘pkalanishingiz kerak. Vallohu a’lam!

10 Fevral 2023, 00:07 | Savol-javoblar | 97 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar