Muso alayxissalom va fir’avn xaqida qissa

Assalomu alaykum! Men yaqinda "Qashqirlar makoni’ serialida bir joyida bosh qaxramonni boqib olgan odamni bir qissasini eshitdim,unda Muso alayxissalom va fir’avn xaqida gap boradi, qissa shunday:"Xazrati Muso va fir’avn xalq oldida tortishib qolishibdi,Xazrati Muso mening rabbim Nil daryosi bilan Misrga xayot bergan deydi,fir’avn esa men istasam Nilni teskari oqizaman deydi,Xazrati Muso qani ko‘rsat degach fir’avn vaqt so‘raydi,ertasi kuni uchrashishga kelishishadi, Xazrati Muso Yaratganning buyrug‘ini bajarish niyatida uyiga ketadi va dam oladi, fir’avn esa Musoning rabbisiga duo qiladi,ertalab Nil daryosining oldida uchrashishadi, va Nil daryosi fir’avn aytganday teskari oqa boshlaydi, Xazrati Muso Yaratganga nola qiladi; "Men sen aytma degan narsani aytmadim, nega bunday qilding" deydi, "seni aytganing to‘g‘ri edi" deydi Yaratgan, "ammo sen uxlayotganingda u duo qildi,men xammani rabbisiman,xammani duolarini qabul qilaman". Alloh shunchalik odilki, unga ibodat qilganni ham, qilmaganni ham,sig‘inganni ham, sig‘inmaganni ham duosi evaziga yordam beradi." Shu qissadagi gaplar to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu kabi qissalar isroilyot deb aytiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ular haqida “Tasdiqlamaymiz ham inkor ham qilmaymiz” deganlar. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 04:09 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar