Yoqilg‘i

Assalomu alaykum! Biz uyda yoqilg‘i sotamiz ilgarilari yosh bo‘lganimda men ham sotaganman benzin o‘sha paytlarda dadam yoki bobom yoqilg‘iga kandesat qo‘shganlar va men shuni guvohi bo‘lganman lekin bilmaganman kandesatni benzinga qo‘shilsa yomon bo‘lishini menga yana birovga aytma deb takidlashgan edi o‘sha payt da yosh bo‘lganligim taxminan 12 _13 yoshlarda edim shariat qonun qoidalarini bilmasdim nima gunoh nima harom ekanligini shunga boshim qotdi ustoz nima qilay manam gunohkor bo‘lganman buni qanday tug‘rilasa buladi o‘sha payt kandesat qo‘shgan bakalashkalarni men ham sotganman usha paytdagi odamlarni deyarli 100% esimda yu domla biron yo‘l ko‘rsating
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Insonlarning molini botil yo‘l ila egan ekansizlar. O‘sha odamlarning roziligini olib qo‘yinglar. Bu ishni tepasida turganlar tavba va istig‘for aytsinlar. Vallohu a’lam!

27 Noyabr 2023, 10:30 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar