Shariat hukmi

Assalomu alaykum! Mening bir do‘stim Internet megabayt kerakligini aytdi(do‘stimning ishiga kerakli kompyuter dasturini,internetdan yuklab olib, o‘rnatib beradigan Kompyuterchiga tashlab berish kerak ekan). Men unga menda internet paket yo‘qligini aytdim. Lekin o‘sha kompyuterchining sim kartasida mavjud bo‘lgan bonus internet paketni olib berishimni aytdim. Keyin men telfonimdan kompyuterchining nomeriga bog‘landim (Kompyuterchining nomerini Beeline O‘zbekiston ilovasiga kiritdim va kompyuterching telefoniga tasdiqlash kodi bordi. Uning o‘zi kodlarni aytib turdi. Va Beeline O‘zbekiston orqali uning nomeriga kirdim. Uning nomeridagi bonuslarga 300 dollarlik simkarta olsa bo‘larkan. Men bilmasdan o‘sha bonuslarni Internet mebabaytlarga almashtirib qo‘yibman.) Va men shu qilgan hizmatimga do‘stimdan 25000 so‘m haq oldim (Keyin bu 25000 so‘mni do‘stimga qaytarib berdim.) Va keyinroq Kompyuterchiga shu qilgan ishimni aytdim. Kompyuterchi esa men 300 dollarlik nomer olmoqchi edim deb turib oldi. Men esa bu ishni ataylab qilmadim bilmasdan qilib qo‘ydim, do‘stimga yordam berish uchun qilib berdim deb aytdim. Rosa uzur so‘radim Alloh haqqi kechirishini so‘radim buncha pulni to‘lab berishga sharoitim yo‘qligini aytdim.(Telegram orqali) Lekin kompyuterchi o‘qib chiqib ketyapti. Juda ko‘p uzur so‘radim kechirdim yozishini so‘radim. Qiyomatda bundan so‘ralishimdan qo‘rqishimni aytdim. Lekin u kechirdim dib yozgani yo‘q o‘qib chiqib ketdi va bloklab qo‘ydi. Ustozlar bu vaziyatda kim aybdor bo‘lgan. Shariat hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aybdor bo‘lgansiz. Uni mahrum qilibsiz. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 04:20 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar