Ramazon oyida amallar savobi haqida

Assalomu alaykum! Ramazon oyida farz amallar savobi 70 barobar ziyoda qilib beriladi deyishadi. Shu haqida sahih hadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ramazondagi amallarin savobi ziyoda qilib berilishi haqida ko‘plab hadislar bor. Imom Naxaiy rohimahulloh aytadilar: Ramazonning bir kun ro‘zasi boshqa vaqtdagi ming kun ro‘zadan afzal. Bir tasbih ming tasbihdan, bir rakaat esa ming rakaatdan afzal. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 04:20 | Savol-javoblar | 142 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar