Allo, Xudo bilan gaplashsam bo‘ladimi deyish beodoblik emasmi

Assalomu alaykum! - Alo, salom Xudo bilan gaplashsam bo‘ladimi? - Salom, ulab beraman. - Salom bandam, eshitaman. - Ey Xudo, juda charchadim, mo‘jiza istayman, oddiy insoniy baxt xohlayman. Iltimos, orzularimni amalga oshir! - Albatta, azizam. Lekin avval seni «amalga oshgan tilaklar» bo‘limi bilan ulayman. Sen unda avvalgi orzu qilishda yo‘l qo‘ygan xatolaring bilan tanishasan. Go‘shakdan « bir necha soniyadan so‘ng sizni amalga oshgan tilaklar bo‘limi bilan ulaymiz» degan ovoz keldi. - Salom, sizga qanday yordam bera olamiz? - Meni sizlarga Xudo yo‘lladi. Yangi tilak bildirishdan oldin avvalgilariga bir qarab o‘tishimni buyurdi. - Tushunarli. Bir daqiqa... xa, mana hamma dildan qilgan tilaklaringiz, eshityapsizmi? -Xa, albatta, diqqat bilan eshityapman. - Eshiting, o‘tgan yilgilardan boshlaymiz: 1. Uf, ishim jonimga tegdi! ( Jonga tegdi - Bajarildi) 2. Erim e’tibor bermaydi. (Bermaydi - Bajarildi) 3. Ozgina bo‘lsa ham pulim bo‘lsaydi. (Ozgina pul - Bajarildi) 4. Dugonalarim g‘iybatchi. (Ular g‘iybatchi -Bajarildi) 5. Qanaqa bo‘lsa ham kvartiram bo‘lsaydi. ( Qanaqa bo‘lsa ham -10 qavatdan, tomidan chakka o‘tadigan kvartira. Bajarildi) 6. Kichkina bo‘lsa ham mashinam bo‘lsaydi. ( Eski, shaloq «Zaparojets» mashina «bo‘ldi» - Bajarildi) 7. Ta’tilda qaerga bo‘lsa ham ketsam. ( Bajarildi: usta boqish uchun dala xovliga kettingiz) 8. Hech kim guldasta bermaydiya! (Bermaydi - Bajarildi) ... davom ettiraveraymi? - yo‘q, yo‘q, bo‘ldi tushundim. Yaratganga qayta ulab bering. - ey, Xudo, hammasini tushundim. Endi har bir o‘y fikrimni saralayman. Sendan doim ijobiy o‘y xayollarni o‘ylashimga yordam berishingni so‘rayman.Doim menga yordam berishga tayyorligingni unutmay, meni qo‘lla... hozir esa men hammasini o‘ylab olishim kerak. Qayta qilsam bo‘ladimi? - Albatta, istagan vaqtingda. Duolaringda xudoga shikoyat qilma, nolima. U yomonini ko‘rmabsan deb senga xozirgi xolatingdan ham yomonrog‘ini jo‘natadi.Xudoga shukr qil, Unga faqat yaxshisini, xursandchiligingni ayt, shunda u senga «eh bandam, sen hali bundan ham yaxshisini bilmabsan» deb senga a’losini yuboradi. Yuqoridagi so‘zlarni guvohi bo‘lib qoldim. Muallifga bu qanchalik to‘g‘ri deb murojat qildim, u esa "men boshqalar to‘g‘ri xulosa chiqarishlari uchun qo‘yganman. Buni sizga aloqasi yo‘q" dedi. Bu so‘zlarga qarshi bo‘lgan tomonim, Alloh bilan telefonda gaplashishin bilmadim. Bu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu Allohga tuhmat. Alloh taolo "Yunus" surasida marhamat qiladi:  قُلْ إِنَّ الَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى اللّهِ الْكَذِبَ لاَ يُفْلِحُونَ۝ 69. Sen: «Albatta, Allohga nisbatan yolg‘on to‘qiydiganlar zafar topmaslar», – deb ayt.
Bu muqarrardir. Shuning uchun, ey Payg‘ambar, bu haqiqatni hammaga oshkor qil. Butun borliqni yaratgan Zotga, hammani yaratib, rizq bergan, cheksiz ne’matlar ila ne’matlantirgan Zotning haqqiga yolg‘on to‘qigan odamning najot topmasligi aniq va ravshandir. Ularning holi bunday: مَتَاعٌ فِي الدُّنْيَا ثُمَّ إِلَيْنَا مَرْجِعُهُمْ ثُمَّ نُذِيقُهُمُ الْعَذَابَ الشَّدِيدَ بِمَا كَانُواْ يَكْفُرُونَ۝ 70. Bu dunyoda bahralanish bor, keyin qaytishlari Bizgadir. So‘ngra ularga kufr keltirib o‘tganlari uchun shiddatli azobni tottiramiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:29 | Savol-javoblar | 142 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar