Agentlikdagi maoshim

Assalomu alaykum! Men Evropaning bir agentlik korxonasida ishlayman. Asosiy vazifam internet orqali Dunyoning har-xil joyidegi korxonalari bilan bog‘lanib, ularga kompyuter dasturlovchi iste’dod sohiblarini ishga joylaymiz. Dasturlovchi xodimlar alohida shaxs bo‘lishi ham mumkin yoki boshqa korxonaning ishchisi bo‘lishi ham mumkin, lekin bizni ishxonada bunday dasturlovchi hodimlar yo‘q. Men haridorni asosiy ehtiyojlarini olib, boshqa departamentga yuboraman. Ular menga nomzod topib hujjatlarini va bir soatlik narxni belgilab berishadi. Men bu ma’lumotni haridorga yuborib shu odamni ishga joylashim kerek. Korxonaning asosiy foydasi shundaki: nomzoddan yoki boshqa korxonadan qabul qilgan narxini ustiga pul quyib haridorga taklif qilamiz (bu jarayonga men aralashmayman, mening vazifam faqat menga berilgan ma’lumotni haridorga namoyish etib, haridorni korxonamizga olib kelish). Mening daromadim shundaki: asosiy tayinlangan oyligim bor va har bir ishga joylagan odamim uchun ishxona menga ma’lum miqdorda qoshimcha pul beradi, agar men joylagan ishchi 3 oydan ko‘proq ishlasa yana bir summa beradi. shu bilan bu ishchi orqali men daromad kormayman (hatto yillab ishlasayam). 1. Ojizona fikrimcha bu xolatda daromad ko‘rish durust, shundaymi? 2. Bazi xolatlarda haridorlarimizning mo‘ljali korxona menga taklif qilgan narxdan ancha baland bo‘ladi. Shunday xolatda agar biz ishga joylayotgan insonning ish haqqi soatiga 30$ bo‘lsa lekin haridorning mo‘ljali 40$ bo‘lsa. Men 36$ bilan ishga joylasam va o‘sha 6$ ni ishxonam bilan teng bo‘lishishni kelishib men har bir ishlagan soati uchun 3$ olsam bu daromad men uchun halol bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ha. 2). Bu to‘g‘ri kelmay qoladi. Chunki siz dalolat qilganingiz uchun bir marta haq olasiz. Undan ortig‘ini ololmaysiz. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 04:31 | Savol-javoblar | 156 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar