Safda turish odobi

Assalomu alaykum! Bir savolim bor! Bugun masjid da namozdan keyin kariyalar 2-3 eshlarga karata senlar esh senlar 1 chi safda fakat esh kattalar namoz ukishi kerak deyishdi, bu ishlaridan xayron buldim chunki safimizda 6-7 kariyalar bor xolos ularxam 3-4 kishi stulda utirishadi, agar jamoani 1 safini kolganlar tuldirmasa kim tuldirishi kerak? Aytingchi ularni gaplari tugrimi? Notugri savol yullagan bulsam oldindan uzr surayman!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1-safda imomning orqasida namozni fiqhini yaxshi biladigan kishilar turishi kerak. Qolgan joylarda kim birinchi kelib tursa turaveradi. Faqat orqa tarafdagi yoshi katta, e’tiborli kishilarga yoshlar joy bersa odob yuzasidan yaxshi bo‘ladi. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/savol/21051

26 May 2022, 09:48 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar