Aqli zaif Musulmonlar
Assalomu alaykum! Aqli zaif musulmonlar oxiratda jannatga tushadilarmi yoki do‘zahgami? Bir domlaning ovozli suhbatida "Aqli zaiflarning musulmon bo‘lganlari musulmon bo‘lishadi, qiyomatda ular jannatga ham do‘zaxgaham kirishmaydilar, arosatda qoladilar" deb aytganini eshitdim. Izlash bo‘limidan topgan javobimda esa ular qiyomatda ahli fitratlar qatorida bo‘ladilar deyilgan ekan. Undan ham avvalroq esa bir imom noibdan "Aqli zaiflar agar tug‘ma bo‘lsa ularga gunoh yozilmaydi, namoz va boshqa farzlar ham shart bo‘lmaydi va savol javob ham qilinmaydi, Avval boshida sog‘ bo‘lib keyin ma’lum sabablarga ko‘ra aqli zaif bo‘lib qolganlar esa, aqli zaif bo‘lgunlarigacha bo‘lgan muddatdagi amallariga javob beradilar, ulardan so‘raladilar, aqli zaif bo‘lganidan keyingi muddatda esa gunoh yozilmaydi, farz amallar shart bo‘lmaydi, chunki Alloh ularga o‘zi bu dardni bergan" deb aytgan edilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Majnunlik boshlanganidan keyingi holatiga mas’ul bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 04:33 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Majnunlik boshlanganidan keyingi holatiga mas’ul bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 04:33 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar