Namozxon bilan benamoz

Assalomu alaykum! Mana biroz yildirki ibodatda qodir qilganicha o‘qiyammiz. Savolim shuki, xayotimizda uchrab turadigan xodisalardan biri, maishatbozliklardan chetlanish, xisob-kitoblarda aniqlik qilish, do‘stu-qarindoshlarni ibodatga boshlash kabi ishlar, umuman xar ishda islomiy tarbiyani qo‘llash borasida gap so‘zlar bo‘lib qoladi. "Bu namozxon" yoki "bu mullaku, bir paytlar sen xam qilgansan" kabi noqulay xolatga solishadi. shunday xollarda qanday yo‘l tutishni maslaxat berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tushunchalaringiz to‘g‘ri, lekin bu kimnidir shunday qil deyishi bilan bo‘lib qoladigan ish emasda. Asta sekinlik bilan bo‘ladi. Siz ham noumid bo‘lmang, o‘zingiz kamolot topishga harkat qiling so‘ng yon atrofingizga tarqatishga harakat qiling. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam keltirgan dinni insonlar qabul qilishi uchun 40 yilgacha birorta ham yolg‘on gapirmasdan siddiq maqomini oldilar. Ahdini buzmasdan sodiq degan laqabni oldilar. Qo‘llaridagi borini yo‘q demasdan eng saxiy degan laqabni oldilar. Omonatga o‘ta qattiq e’tibor berganlaridan amin degan laqabni oldilar. Nabiralikni a’lo darajada joyiga qo‘ygan edilar Abdulmuttolib ko‘rmasa turolmaydigan darajaga etdilar. Tijoratda sodiq bo‘lgandilar Xadiyja onamiz o‘zlarini bag‘ishladilar, nikohiga olishlarini taklif qildilar. Qo‘shnichilikni a’lo dajada yo‘lga qo‘ygandilar qo‘shnisi eng ashaddiy dushmani bo‘lsa ham ko‘rganda haybatlanib izzatini joyiga qo‘yadigan bo‘ldi. Silai rahmni a’lo darajada bajarganlaridan qarindosh urug‘lari Alloh qalbini ochmaganidan boshqa iymon keltirmasliklariga hech qanday sabab topolmadilar va hokazo. Bizni yaqinlarimiz ham biz tufayli hidoyat topishini xohlasak avvalo o‘sha kamolot sifatlarini o‘zimizda mujassam qilishga harakat qilishimiz kerak. Usiz ish bitmaydi. Bu ummat nihoyat unumdor erga o‘xshaydi. Allohdan so‘rab mehnat qilinsa hech qachon zoe ketmaydi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 04:42 | Savol-javoblar | 100 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar