Aroq haqida
Assalomu alaykum! Atrofimizdagi insonlar bilan suhbatlashganda halol harom haqida so‘z ochilsa, aroq borasida murosaga kelolmaymiz. Ular aroqning kayfi harom o‘zi halol deganlaricha o‘zlarining aroq ichishlarini oqlashadi. Yana ular “axir sizlar ham spirtdan foydalanasizlarku” deb dalil keltirib, bizni engib qo‘yishaverishadi. Shu masala to‘g‘risida ma’lumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالأَنصَابُ وَالأَزْلاَمُ رِجْسٌ مِّنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ U Oliy Zot: «Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) cho‘plar shayton amalidan bo‘lmish ifloslikdir. Bas, undan chetlaning. Shoyadki, zafar topsangiz», degan («Moida» surasi, 90-oyat). Sharh: Arab tilida «xamr» so‘zi «to‘sish», «berkitish» degan ma’nolarni anglatadi. Tanovul qilgan kishining aqliga ta’sir etadigan, uning aqlini to‘sadigan, berkitadigan, boshqacha aytganda, mast qiladigan har bir narsaga xamr deyiladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida: «Har bir mast qiluvchi narsa xamrdir, har bir xamr haromdir», deyilgan. Bundan anglashiladiki, «Aroqdan boshqa narsalarni ichsa bo‘laveradimi? Ichmasa, lekin cheksa bo‘ladimi?» kabi savollar, shuningdek, «Aroqning o‘zi harom emas ekan-u, mast qilishi harom ekan», deganga o‘xshash «sharh»larning hammasi o‘rinsiz va mantiqsiz gaplardir. Muoviya roziyallohu anhu aytadi: Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday deganlarini eshitganman:“Har bir mast qiluvchi narsa har bir mo‘min (erkak va ayol)ga haromdir”. Ibn Hibbon “Sahih”da rivoyat qilgan. Mazkur hadisda xamr mo‘min kishi uchun harom ekani ta’kidlanmoqda. Chunki faqat mo‘min kishigina bunga ishonadi va iymon keltiradi. Xamrning harom ekanini bilish uchun kishidan iymon va islom talab etiladi. Kofir, mushrik yoki munofiqlar esa, xamrning haromligiga iymon keltirmaydilar va bu ishdan qaytmaydilar. Har birimiz yaxshilab bilib olmog‘imiz lozimki, xamr va uni iste’mol qilish, shak-shubhasiz, haromdir. Mo‘min odam xamrning haromligiga iymon keltirishi va uni iste’mol qilishdan uzoq yurishi lozim. Agar kimki xamr (masalan, aroq)ni harom emas yoki uning o‘zi harom emas, faqat kayfi harom desa, iymondan chiqib, kofir bo‘ladi. Kim o‘zini bu harom ichimliklardan saqlab yursa, mast qiluvchi narsalarni iste’mol qilmasa, ulug‘ ajr-savobga ega bo‘ladi. Biz mo‘minlar xamr va shu kabi harom narsalardan nafsimiz xohlamagani yoki sog‘lig‘imiz uchun zararli bo‘lgani tufayli emas, balki aynan Alloh taolo harom qilgani uchun tiyilsak, inshaalloh, ulug‘ savoblarga doxil bo‘lamiz. Agar biron mo‘min kishi xamrning haromligiga iymon keltirib, ammo o‘zini tiya bilmasa, ojizlik qilsa, u katta gunoh sodir etgan bo‘ladi va Oxirat kuni qattiq azob-uqubatga duchor bo‘ladi. Shuni bilib olishimiz lozimki, agar o‘zini musulmon sanab yurgan kishi xamrni “bismilloh” deb ichsa, iymonidan ayriladi. Chunki “bismilloh” kalimasi faqat halol taom va ichimliklar iste’mol qilishdan oldin aytiladi. Xamrni “bismilloh” bilan ichgan kimsa harom narsani halol sanagan bo‘ladi. Aqoid ulamolari halolni harom yoki haromni halol degan kimsaning iymondan chiqishini ta’kidlab o‘tganlar. Modomiki, Alloh taolo xamrni harom qildimi, bas, o‘zini mo‘min sanagan odam hech bir ixtiyorsiz bunga itoat etishi kerak bo‘ladi. “Xamr nega harom qilindi?”, “Harom qilinmasa nima bo‘lardi?”, “Xamrdan qancha miqdorda ichsa bo‘ladi?” kabi o‘rinsiz savollar endi unga yotdir. Chunki mo‘min o‘z nomi bilan mo‘min. Agar uning Allohga iymoni bo‘lmasa, U Zotga itoat etmasa, buyurgan amallarni qilmay, qaytarganlaridan qaytmasa, uning mo‘minlik sifati qolmaydi. Xamr Alloh taolo tarafidan harom qilindi. Bunga har birimiz shubha qilmasligimiz, unga aniq ishonib, bu razil illatdan uzoq yurishimiz darkor. Alloh taolo harom qilgan narsani halol deyishga yoki halol qilib olishga hech kimning haqqi yo‘q. Garchi butun dunyodagi odamlar birlashib, ichkilikka targ‘ib qilsalar ham, tabiblar ichkilik sog‘liqqa foydali deb maslahat bersalar ham va aroqxo‘rlar o‘zlarining “ichkilik emas, uning kayfi harom” kabi buzuq falsafalarini ilgari sursalar ham xamr halol yoki foydali bo‘lib qolmaydi. Mo‘min odam Robbi belgilab bergan hadda (shar’iy chegarada) mustahkam turishi, insonlar orasidagi To‘g‘ri yo‘ldan uruvchi kimsalarga quloq solmasligi kerak. Ana shundagina Robbi undan rozi bo‘ladi. Qays ibn Sa’d ibn Uboda aytadi: Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday deganlarini eshitganman:“Kimki xamr ichsa, Qiyomat kunida juda chanqagan holida keladi. Ogoh bo‘linglarki, har bir mast qiluvchi narsa xamrdir. Sizlar “g‘ubayro”dan saqlaninglar!”Imom Ahmad rivoyati. Bu erda xamr ichuvchilarga Qiyomat kunida o‘ziga xos jazo turi berilishi aytilmoqda. Bu dunyoda Alloh taolo harom qilgan ichimlikdan saqlanmaganlar Oxiratda og‘izlari qaqragan ayanchli bir holatda bo‘ladilar. Bu ular tortadigan azob va qiynoqlarning birinchi bosiqchidir. Ular bir tomchi suvga zor bo‘lib turganlarida jahannam ahlining yiringidan iborat suyuqlik ularga beriladi. Qiyomat kunida shu kuyga tushishni xohlamaganlar o‘zlarini harom ichimliklardan tiysinlar va Allohga ibodat qilsinlar! Spirt turli narsalardan olinadi. 1-Uzum, hurmo, bug‘doy va asal. Ulardan tayyorlangan mast qiluvchi ichimliklar bilittifoq harom bo‘lib, ularni biror narsaga dori vositasida foydalanish ham harom. 2-uzum va hurmodan tayyorlangan. Bu bilittifoq nopok. U aralashgan davo ham nopok bo‘ladi. Uni ichish ham harom. Juda ham majbur holatda mohir tabib biror bemorga “Bundan boshqa shifo bo‘ladigan davo yo‘q” desa, zarurat miqdoricha ushbu spirtdan aralash dorini iste’moli joiz. “Nihoya” kitobida “Zahira”dan naql qilinib : “Harom narsa bilan davolanish, unda shifo borligi aniq va bundan boshqa davo yo‘q bo‘lgan suratda joizdir” deyilgan. (Bahrur roiq). 3-yuqoridagi uzum va hurmodan boshqa narsalardan olingan spirt masalan bug‘doy, asal. Uning pok va nopokligi haqida ulamolar ixtilof qilganlar. Abu Hanifa va Abu Yusuf rohimahumallohlar nazdlarida bunday spirt pokdir. Mast bo‘lish maqsadida ichilsa joiz emas, lekin davo sifatida iste’moli joizdir. Imom Muhammad nazdlarida bunday spirt najosati hafifadir. Fatvo imom Muhammadning qavliga ko‘ra berilgan bo‘lsada, umumiy balvo qoidasiga ko‘ra, spirt aralashtirilgan dorilarni mast bo‘lish maqsadidan tashqari davolanish o‘rinlarida foydalanish joizdir. Garchi taqvo va ehtiyotkorlik imom Muhammadning qovlida bo‘lsada. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 18:37 | Savol-javoblar | 271 | Halol va harom